Video montaj
Eng yaxshi lahzalarni tanlaydi, boshiga eʼtiborni tortadigan kadr qoʻyadi, soʻzma-soʻz subtitr va musiqa qoʻshadi, 9:16 formatda tayyorlaydi. Kerak boʻlsa, matnni ovoz bilan oʻqib beradi.
@mirlyai_bot ga video yoki rasm yuboring. MIRLY AI uni vertikal videoga montaj qiladi, matn va hashtag yozadi, siz «Eʼlon qilish» tugmasini bosgandan keyin Instagram, Telegram kanal va YouTube Shortsʼga joylaydi.
Instagram rasmiy Instagram Login orqali ulanadi, parolingiz bizga kerak emas. Hech narsa sizning tasdigʻingizsiz eʼlon qilinmaydi.
Yangi kolleksiya uchun Reels qilib bering
Tayyor: 0:28, subtitr va musiqa qoʻshildi.
Matn: «Yangi kolleksiya keldi. Faqat shu hafta −20%» #moda #toshkent
Instagram va Telegram kanalga eʼlon qilaymi?
Eʼlon qilindi: Instagram, Telegram
SMM mutaxassisi bajaradigan kundalik ishlar bitta Telegram chatida. Har bir natijani avval koʻrasiz, keyin qaror qilasiz.
Eng yaxshi lahzalarni tanlaydi, boshiga eʼtiborni tortadigan kadr qoʻyadi, soʻzma-soʻz subtitr va musiqa qoʻshadi, 9:16 formatda tayyorlaydi. Kerak boʻlsa, matnni ovoz bilan oʻqib beradi.
Post, Reels va Stories uchun oʻzbek va rus tilida matn, hashtaglar va keyingi kontent uchun gʻoyalar yozadi.
Instagram, Telegram kanal va YouTube Shortsʼga joylaydi. Siz «Eʼlon qilish» tugmasini bosmaguningizcha hech narsa chiqmaydi.
Yangi izoh va Direct xabarlarni koʻrsatadi, javob taklif qiladi va siz tasdiqlagach yuboradi. Avtojavobni oʻzingiz yoqsangizgina bot oʻzi javob beradi. Har hafta qamrov va faollik boʻyicha hisobot beradi.
Roʻyxatdan oʻtish uchun alohida sayt yoki ilova kerak emas: hammasi Telegramʼda.
Telegramʼda @mirlyai_bot ga /start yuboring va biznesingiz haqida qisqacha yozing.
Instagram professional akkauntini rasmiy Instagram Login orqali, Telegram kanalni botni admin qilib, YouTubeʼni Google orqali ulaysiz.
Bot montaj qiladi, matn yozadi va natijani chatga yuboradi. Oʻzgartirish kerak boʻlsa, «Qayta qilish» ni bosing.
«Eʼlon qilish» ni bosganingizdan keyingina post tanlangan platformalarga chiqadi.
Instagram professional akkauntingizni (Business yoki Creator) Meta sahifasidagi rasmiy Instagram Login orqali ulaysiz. MIRLY AI Instagram parolingizni hech qachon soʻramaydi va koʻrmaydi.
instagram_business_basicinstagram_business_content_publishinstagram_business_manage_commentsinstagram_business_manage_messagesinstagram_business_manage_insightsInstagram maʼlumotlari faqat xizmatni koʻrsatish uchun ishlatiladi: sotilmaydi, reklamada ishlatilmaydi va AI modellarni oʻqitishga berilmaydi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.
Narxlar ishga tushirilganda eʼlon qilinadi. Toʻlovdan oldin narx va limitlar botda koʻrsatiladi.
Narxi tez orada
Narxi tez orada
Toʻlov soʻmda, Payme, Click yoki bank kartasi orqali. Obunani botda istalgan vaqtda bekor qilish mumkin.
Ulanish, toʻlov yoki maʼlumotlaringiz boʻyicha savollar boʻlsa, yozing yoki qoʻngʻiroq qiling.